Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

552025-05-24 16:27

Farg‘ona tumanida “So‘nggi qo‘ng‘iroq“ tadbiri tantanali nishonlandi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086025842.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086025961.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086026192.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086026220.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086026210.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086026222.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086026274.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086026295.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086026320.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086026328.jpg
Farg‘ona tumani 4-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 2024–2025-o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq“ tadbiri yuqori darajada tashkil etildi. Yoshlikning eng yorqin sahifalaridan biri sanalgan ushbu sana bitiruvchilar uchun katta hayot sari yo‘l olishning ilk bosqichiga aylandi. Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov, Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi vakili Ma‘ripjon Turdimatov, tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi, Madaniyat bo‘limi boshlig‘i va xodimlari, bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari, ustozlar, maktab ma‘muriyati, mahalla ettiligi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. “So‘nggi qo‘ng‘iroq“ tadbiri maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari bilan boshlandi. Tadbirga yig‘ilgan mehmonlar hamda ota-onalar o‘quvchilarning chiqishlarini olqishlar bilan kutib oldi. Bayramona ruh, yoshlik jo‘shqinligi va ko‘tarinki kayfiyat tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Bitiruvchilar maktab bilan xayrlashar ekan, ustozlarga o‘z minnatdorliklarini bildirib, maktabda o‘tgan yillar ularning hayotida muhim iz qoldirganini ta‘kidlashdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llangan samimiy va ruhlantiruvchi bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, Farg‘ona tumani hokimligi tomonidan maktab ma‘muriyatiga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi. Maktab hayotida alohida faollik ko‘rsatgan o‘qituvchilar va o‘quvchilarga esa tashakkurnomalar topshirilib, ularning mehnati munosib e‘tirof etildi. Mazkur tadbir nafaqat bitiruvchilar, balki butun jamoa uchun esda qolarli, hayajonli va zavqli onlarga boy bo‘ldi. So‘nggi qo‘ng‘iroq sadosi ostida maktab dargohidan ilk qadamlarini tashlayotgan yoshlarga yorqin kelajak, ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz