Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

792025-05-24 16:32

Farg‘ona tumanidagi “Vodil“ xususiy maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq“ tadbiri bayramona tarzda nishonlandi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086357776.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086357779.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086357791.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086357800.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086357818.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086357859.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086357886.jpg
Farg‘ona tumanida joylashgan “Le Crayon“ nodavlat ta‘lim muassasasiga qarashli “Vodil“ xususiy maktabida 2024–2025-o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq“ tadbiri tantanali tarzda o‘tkazildi. Bitiruvchilar uchun unutilmas xotiralarga boy bo‘lgan ushbu tadbir maktab hayotining eng yorqin sahifalaridan biriga aylandi. Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov, Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi vakili Ma‘ripjon Turdimatov, tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Baxtiyorjon Muminov, tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi, Madaniyat bo‘limi rahbarlari va xodimlari, mahalla ettiligi, faxriy nuroniylar, bitiruvchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari, maktab ma‘muriyati, ustozlar, murabbiylar hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarga bayramona ruh va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bitiruvchilar maktab bilan xayrlashar ekan, mehribon ustozlariga cheksiz minnatdorlik izhor etib, ularning o‘rgatgan bilim va tarbiyasini hayot yo‘lida mustahkam tayanch bo‘lishini ta‘kidladilar. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llangan samimiy bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Bu tabrik yoshlarga yangi bosqichda ulkan marralarni zabt etishga ilhom bag‘ishladi. Tadbir yakunida “Vodil“ xususiy maktabi ma‘muriyati tomonidan faol o‘qituvchilar va namunali o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Bu e‘tibor ularning mehnati va intiluvchanligiga munosib baho sifatida qadrlab o‘tildi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq“ sadosi ostida maktab dargohidan hayotning yangi bosqichiga yo‘l olayotgan bitiruvchilarga yorqin kelajak, mustahkam bilim va mustaqil hayotda ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz