Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1022025-05-24 16:36

Farg‘ona tumanidagi 19-maktabda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tantanali tarzda nishonlandi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086564468.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086564474.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086564485.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086564483.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086564493.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086564498.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086564572.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086564603.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086564604.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748086564600.jpg
Farg‘ona tumani 19-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 2024–2025-o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq“ tadbiri ko‘tarinki ruhda, bayramona tarzda tashkil etildi. Bitiruvchilar uchun unutilmas voqealarga boy bo‘lgan ushbu tadbir hayotning yangi bosqichiga ilk qadam qo‘yish arafasidagi yoshlar uchun katta ahamiyat kasb etdi. Tadbirda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov, Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi vakili Ma‘ripjon Turdimatov, tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi, tuman Madaniyat bo‘limi rahbarlari va xodimlari, mahalla ettiligi vakillari, faol nuroniylar, bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari, maktab ma‘muriyati, ustozlar, murabbiylar va boshqa o‘quvchilar ishtirok etdilar. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, jonli kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir zalida shukuh, zavq va g‘urur bir-biriga uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, maktab bilan xayrlashayotgan bitiruvchilarning samimiy minnatdorlik izhorlari ko‘pchilikni hayajonga soldi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Ushbu samimiy murojaat yosh avlodga kuch-g‘ayrat, mustahkam irodani singdirib, ularni yangi marralar sari chorladi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq“ bayrami doirasida maktab ma‘muriyati tomonidan faol o‘qituvchilar va namunali o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Bu ularning o‘quv-tarbiya jarayonidagi sa‘y-harakatlariga bo‘lgan e‘tibor va yuksak e‘tirof sifatida qadrlanadi. Mazkur tadbir bitiruvchilar uchun maktab hayotidagi eng muhim voqealardan biri sifatida tarixda muhrlandi. Ularga mustaqil hayot yo‘lida ulkan zafarlar, yorqin kelajak va bardavom muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz