Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

662025-06-11 20:23

Energiya resurslarini talon-toroj qilish holati fosh etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749655408827.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749655408997.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749655409084.jpg
Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va oldini olish maqsadida respublika bo‘ylab nazorat tadbirlari izchil davom etmoqda. Shu kabi nazorat ishlari davomida Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida ham qonunbuzarlik holati fosh etildi. Aniqlanishicha, “Y.M.B.S” xususiy korxonasi rahbari B.R. tomonidan korxonaga qarashli makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblagichning ichki sxemalariga qo‘lbola usulda maxsus “chip” o‘rnatilgan. Ushbu moslama orqali hisoblagichning ko‘rsatkichlariga sun‘iy ta‘sir o‘tkazilib, 359 ming kilovatt soat elektr energiyasi o‘g‘irlangan. Buning oqibatida davlatga etkazilgan zarar miqdori 323,1 million so‘mni tashkil etdi. Mazkur holat yuzasidan korxona rahbari B.R. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov jarayonida etkazilgan moddiy zarar to‘liq undirilgan. Hurmatli tadbirkorlar! Sizlardan faoliyatingiz davomida elektr energiyasi va boshqa yoqilg‘i resurslaridan qonuniy va oqilona foydalanishingiz so‘raladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish bo‘yicha reyd tadbirlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Shuni unutmang: har qanday qonunbuzarlik fosh etiladi va jazodan hech kim qutulib qolmaydi. Qonunga itoatkorlik nafaqat biznes barqarorligi, balki mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shishning eng muhim omilidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz