Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

872025-06-11 20:27

“Vaziyo” mahallasida sayyor qabul va bepul huquqiy maslahatlar o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749655643995.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749655644014.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749655644122.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749655644212.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749655644270.jpg
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Vaziyo” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul va sayyor davlat xizmatlari tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida mahalla aholisi bilan ochiq va samimiy muloqotlar o‘rnatilib, ularning mavjud muammo va ehtiyojlari o‘rganildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga oid masalalari bevosita joyida tinglandi, ularga huquqiy maslahatlar berildi. Ayrim murojaatlar muddat talab etuvchi holat sifatida rasmiy tartibda ish yurituviga olindi. Tadbir doirasida adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi ham o‘tkazilib, uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy savodxonligi oshirildi, ularning huquqiy muammolariga amaliy echimlar taklif etildi. Shuningdek, “mahalla ettiligi” a‘zolari va MFY faollariga ularning kundalik ish faoliyatlari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori mazmun-mohiyati haqida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz