Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

762025-06-11 20:48

Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari yozgi ta‘tilni mazmunli o‘tkazmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656887686.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656887693.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656887682.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656887719.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656887843.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656887961.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656887966.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749656887970.jpg
Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari yozgi ta‘til kunlarini mazmunli va sermazmun o‘tkazishmoqda. Xususan, "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tashkil etilgan fan, sport va kasbga yo‘naltirilgan to‘garaklarga muntazam qatnashish orqali ular bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, jismonan chiniqmoqda. Ma‘lumki, joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yozgi ta‘til davrida maktablarda fan, sport va kasbiy yo‘nalishlarda to‘garaklar tashkil etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim topshiriqlar berilgan edi. Shu asosda Farg‘ona tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham tegishli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. To‘garaklarda matematika, biologiya, fizika kabi fanlar bilan birga, futbol, shaxmat, voleybol, badiiy gimnastika kabi sport mashg‘ulotlari ham tashkil etilib, o‘quvchilar iqtidorini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyat yaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz