8022025-06-30 12:00
Rishtonda xalqaro hamkorlik doirasida yangi loyihalar muhokama qilindi

So‘nggi yillarda Rishton tumanida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shu doirada Germaniyaning Sagart e.V kompaniyasi rahbari Pyotr Degtyar boshchiligidagi delegatsiya tumanimizga tashrif buyurdi.
Mehmonlar “Nizomiddin Shahobiddin bog‘i” fermer xo‘jaligining hamkori sifatida tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov bilan uchrashib, yangi investitsiya loyihalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazdilar.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash yo‘nalishida istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Ta’kidlash joizki, Sagart e.V kompaniyasi tomonidan ushbu xo‘jalikda mevalarni saqlashga mo‘ljallangan zamonaviy muzlatgich qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda mahsulotlar sifatli tarzda saqlanmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus
53962026-02-12 14:45

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
67292026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
67612026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
67572026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14942026-01-12 12:49