482025-11-07 11:33
Farg‘ona tumanida tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan Farg‘ona tumani Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Kasaba uyushmasi qo‘mitasi kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Bellashuv qizg‘in va bilimga boy muhitda o‘tib, ishtirokchilar o‘zining keng dunyoqarashi va tezkor fikrlashi bilan ajralib turdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
▪️ 1-o‘rinni Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hamshiralaridan iborat “Omadlilar” jamoasi,
▪️ 2-o‘rinni “Avval” poliklinikasi xodimlaridan tuzilgan “Fidoiylar” jamoasi,
▪️ 3-o‘rinni esa “Zukkolar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga, shuningdek, faol ishtirokchilarga tashkilotchilar hamda hamkor tashkilotlar tomonidan diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi
502025-11-07 11:38

Farg‘ona tumanida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirildi
492025-11-07 11:36

Farg‘ona tumanida Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o‘tkazildi
1142025-11-05 11:54