482025-11-07 11:41
Farg‘ona tumanida ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga qaratilgan psixologik trening o‘tkazildi

Farg‘ona tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi psixologlari tomonidan Mindonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlangan oilalar a’zolaridan iborat olti nafar fuqaro ishtirokida psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Treningning asosiy maqsadi — ota-onalar va farzandlar o‘rtasida samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, oilada sog‘lom psixologik muhitni mustahkamlash hamda psixologik xizmatning ahamiyati to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, farzand tarbiyasida uchraydigan muammolarni muhokama qilish va ularni hal etishning amaliy usullarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Trening yakunida har bir fuqaro farzand tarbiyasida muloqot va psixologik yondashuvning o‘rni bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni egalladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi
502025-11-07 11:38

Farg‘ona tumanida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirildi
492025-11-07 11:36

Farg‘ona tumanida Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o‘tkazildi
1142025-11-05 11:54