502025-11-07 11:36
Farg‘ona tumanida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirildi

Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-maydagi PF–80-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tumanning “Oqbilol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbir davomida fuqarolarning turli ijtimoiy va huquqiy masalalardagi murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholining kundalik hayotida uchrayotgan ayrim muammolarni o‘rganish va ularni tegishli tartibda hal etish maqsadida Farg‘ona tuman adliya bo‘limi ish yurituviga qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi
512025-11-07 11:38

Farg‘ona tumanida Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o‘tkazildi
1142025-11-05 11:54