Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

512025-11-07 11:38

Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106184532368070.jpg
Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabi xalqaro nufuzli Times Higher Education (THE) tashkiloti tomonidan “THE Accredited Counsellor 2025–2026” sertifikati bilan taqdirlandi. Mazkur sertifikat maktab o‘quvchilarining xalqaro ta’lim yo‘nalishidagi tashabbuskorligi, global ta’lim dasturlarida faol ishtiroki hamda maktab maslahatchisi tomonidan tayyorlangan “Ijtimoiy nofaol o‘quvchilar bilan ishlash” mavzusidagi tezisning namunali deb topilgani natijasida berildi. Dastur Common Purpose va BMI (British Management Institute) hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu akkreditatsiya Buyuk Britaniyada joylashgan Times Higher Education (THE) xalqaro tashkilotining Counsellor Accreditation Programme (THE CAP) doirasida taqdim etiladi. Dastur o‘quvchilarni xorijiy oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirishda faoliyat yurituvchi maslahatchilar (counsellorlar)ning kasbiy salohiyatini oshirishni maqsad qiladi. THE Accredited Counsellor maqomi ikki yil davomida amal qiladi hamda ta’lim muassasasining xalqaro darajadagi nufuzini oshiruvchi muhim belgi hisoblanadi. Mazkur e’tirof hozirda O‘zbekiston bo‘yicha atigi beshta ta’lim muassasasiga berilgan bo‘lib, shular qatorida Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabining o‘rni alohida e’tiborga loyiqdir. Ushbu yutuq maktab jamoasi, o‘qituvchilar va maslahatchilarning xalqaro ta’lim tizimi bilan integratsiyani kuchaytirish, o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni global miqyosdagi raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash yo‘lidagi izchil mehnatini yaqqol ifodalaydi. Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabi ushbu yuksak e’tirof orqali nafaqat tuman, balki butun mamlakat ta’lim tizimida xalqaro miqyosda tan olingan ilg‘or o‘quv maskanlar qatoridan munosib o‘rin egalladi. Farg‘ona tumani hokimligi nomidan mazkur yutuq munosabati bilan ixtisoslashtirilgan maktab jamoasini, pedagoglarni va o‘quvchilarni chin dildan tabriklaymiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 08.11.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft