Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

662025-11-12 11:46

Farg‘ona tumanida sayyor qabul: xalq muammosiga joyida yechim

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106701317890350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106701317891545.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106701317892740.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106701317893935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106701317895130.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106701317896325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106701317896325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106701317896325.jpg
Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i A. Ziyavitdinov rahbarligida Farg‘ona tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda tuman aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar bilan murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit olish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kommunal xizmatlar, kadastr masalalari, shuningdek, mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasidagi muammolari tinglandi. Har bir murojaat e’tibor bilan o‘rganilib, joyida hal etish choralari ko‘rildi yoki mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Bunday sayyor qabullar — rahbarlarning xalq bilan bevosita muloqotini ta’minlovchi muhim mexanizm bo‘lib, ular orqali muammolarni joyida hal etish, odamlarning dardi va takliflarini eshitish, eng asosiysi, davlat organlari faoliyatini aholiga yaqinlashtirish imkoniyati yaratiladi. A. Ziyavitdinov ta’kidlaganidek, “mahalla – jamiyatning yuragi, xalq bilan bevosita muloqot qiladigan maydon”. Shu bois, mahalla faollari, va uyushma mutasaddilari bilan birgalikda joylarda muntazam sayyor qabullar tashkil etish, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini unutmaslik zarurligi qayd etildi. Sayyor qabulda qabulda aholi tomonidan qilingan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qolganlariga esa aniq muddat va mas’ullar belgilanib, alohida nazoratga olindi. Bu kabu sayyor qabullar barcha shahar va tumanlarda davom etmoqda

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 13.11.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft