Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

102025-11-13 11:07

Farg‘ona tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106801785970215.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106801785971410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106801785971410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106801785972605.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2106801785973800.jpg
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning mavjud xizmatlari hamda 2024–2025 yillarda qabul qilingan PQ–103, PF–70, PF–71, PF–138, PF–176, PF–181, PQ–322-sonli qaror va farmonlarda tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan Farg‘ona tumanida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona vilyaoti hududiy boshqarmasi, iqtisodiy kompleks rahbarlari, hokim yordamchilari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdilar. Muloqot davomida tadbirkorlarga kompaniya tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, taqdim etiladigan kafilliklar, subsidiyalar va kompensatsiyalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, qaror va farmonlarda belgilangan tartibda kredit mablag‘larini ajratish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi. Misol tariqasida, “ZARINA MARIYAM” MCHJ rahbari o‘zining “Nogironlik aravachalari, qo‘ltiqtayoqlar va maxsus vannalar ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish jarayonida garov ta’minoti yetishmayotganini ma’lum qildi. Kompaniya mutaxassislari ushbu holatni o‘rganib chiqib, imtiyozli kreditning 50 foizi miqdorida kafillik berish bo‘yicha xulosalarini taqdim etdilar. Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng, jami 6,2 mlrd. so‘m mahalliy va xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilib, 30 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Ushbu tashabbuslar Farg‘ona tumanida tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 13.11.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft