652025-11-12 11:50
Farg‘ona tumanida fuqarolar murojaatlariga sun’iy intellekt yordamida javob beruvchi aqlli bot ishga tushirildi

Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumanidagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlariga tezkor va aniq javob berish maqsadida sun’iy intellekt texnologiyasi (ChatGPT) asosida ishlovchi aqlli bot – @qabulxonabot ishlab chiqildi.
Mazkur innovatsion loyiha aholi murojaatlarini samarali ko‘rib chiqish, eng ko‘p beriladigan savollarga tezkor javob taqdim etish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va qulayligini oshirishga qaratilgan.
Bot ma’lumotlar bazasiga 300 dan ortiq mavzu bo‘yicha so‘rov va javoblar jamlangan bo‘lib, ular quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
— Tibbiy xizmatlar, nafaqa va pensiya masalalari, mehnatga haq to‘lash hamda ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish tartiblari;
— Aliment, qarz undirish, huquqbuzarliklar va jinoyatchilik holatlari bilan bog‘liq so‘rovlar;
— Gaz, elektr va ichimlik suvi tarmoqlari, chiqindilarni olib ketish, kadastr hujjatlari hamda kommunal xizmatlar faoliyati;
— Bank, kredit va to‘lov tizimlari, kambag‘allikni qisqartirish, bandlik va kasb-hunarga o‘qitish masalalari;
— Oila, xotin-qizlar, yoshlar, ijtimoiy himoya va hokim yordamchilari faoliyatiga oid masalalar.
Fuqarolardan tushayotgan so‘rovlar doimiy ravishda monitoring qilinib, ma’lumotlar bazasi muntazam yangilanib va to‘ldirib boriladi.
Shuningdek, ushbu bot orqali fuqarolarga Farg‘ona tumani hokimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat yo‘llash (e-app platformasi orqali) imkoniyati ham yaratildi.
Mazkur tashabbus — davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, aholining murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish va sun’iy intellektni mahalliy boshqaruv amaliyotiga tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
42025-11-13 11:07

Farg‘ona tumanida “Raqamli avlod qizlari” tanlovining g‘oliblari taqdirlandi
622025-11-12 11:48

Farg‘ona tumanida sayyor qabul: xalq muammosiga joyida yechim
662025-11-12 11:46